Adliya Vazirligi xodimlari korruptsiya, manfaatlar to’qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turganini ta’kidladi va bu bo’yicha murojaat uchun qisqa raqam va Telegram bot qoldirdi.

Murojaatda sog’liqni saqlash tizimida korruptsiyaga barham berish, byurokratik to’siqlar va inson omiliga bog’liq muammolarni bartaraf etish yo’lida keng ko’lamli choralar ko’rilayotganini ta’kidladi. Unga ko’ra, bu jarayonda jamoatchilik faolligi va fuqarolarning ko’magi muhim ahamiyat kasb etadi.

Qayd etilishicha, hali hanuz ayrim tibbiyot muassasalarida korruptsiya, manfaatlar to’qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turibdi. Bu esa islohotlar samaradorligiga putur yetkazmoqda, fuqarolarning tibbiyotga va mutaxassislarga bo’lgan ishonchini zaiflashtirmoqda.

Leave a Comment