2025 yil O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Ilmiy-amaliy konferentsiyalarni o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar” rejasiga asosan akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATM tomonidan 2025 yil 23-24-aprel kunlari Samarqand shahrida halqaro ishtirokidagi “Zamonaviy endokrinologiyaning dolzarb masalalari: innovatsiyalardan real klinik amaliyotgacha” mavzusidagi endokrinologiya muammolariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanga Qoraqalpog’iston Respublikasidan Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATM QR filialidan 4 ta, tumanlardan 5 ta endokrinolog mutaxassislari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda Buyuk Britaniya, Germaniya, Pol’sha, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Belorussiya davlatlarining taniqli yetuk olimlari tomonidan ma’ruzalar tinglandi.


Русский
English
qaraq

