2026 yil 28-iyul’ kүni Akademik Yo.X.To’rakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy markazi direktori, professor A.V.Alimov, direktor o’rinbosari S.S.Faxrutdinovalar tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Tibbiyot institutining majlislar zalida “Samarqand viloyati tibbiyot muassasalariga berilgan topshiriqlar” yuzasidan va “Endokrinologiyaning dolzarb muammolari” mavzularida seminar o’tkazildi. Seminarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri M.I.Qurbanov, birinchi o’rinbosari A.A.Asqarovlar, Nukus ShTB va barcha TTB, Сhimboy TSSB boshliqlari, o’rinbosarlari, tuman endokrinologlari, filial endokrinologlari va bosh hamshiralar ishtirok etishdi. Seminarda birlamchi tizimda olib borilishi kerak bo’lgan tashkiliy masalalar, kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish, dispanser kuzatuvi, tibbiy ko’rik va skrining tekshiruvlarini yaxshilash, DMed axborot tizimida dispanser nazorati bo’yicha statistik ma’lumotlar kiritilishini ta’minlash, filial tomonidan dispanserizatsiya jarayoni, dori vositalari bilan ta’minlash, reimbursatsiya va elektron retseptlar ijrosi yo’nalishlar kesimida xamda kafolatlangan paket doirasida reaktivlar bilan ta’minlanganlik nazoratga olinishi aytib o’tildi.



