Akademik Yo.X.To’rakulov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy markazining qandli diabet bemorlarda rekonstruktiv plastik jarrohlik bo’limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor T.T.Kamalov 2025 yilning 5-7-may kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasida bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko’lamini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ–102-son qarorining bajarilishi bo’yicha amaliy yordamlar ko’rsatdi.
6-may kuni Mo’ynoq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko’p tarmoqli poliklinikasida 40 yosh va undan katta yoshdagilar skrining ishlarini tashkil etish, endokrinologlar uchun “D” hisobda turgan bemorlarni reestrga kiritish, “D” hisobda turgan qandli diabet bemorlarni sog’lomlashtirish ishlari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


Русский
English
qaraq

