Akademik Yo.X.Torakulov nomidagi Respublika, ihtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali va «UMID» xayriya jamoat birlashmasi Gruziya davlatining yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda mintaqada 18-25 yoshdagi 1-toifa qandli diabet bilan og’rigan bemorlar uchun ta’lim mashg’ulotlari, shuningdek, birlamchi tizimdagi hamshiralarning homiyligi va amaliyoti tashkil etildi!
1-toifa diabet bilan og’rigan bemorlarning umr ko’rish davomiyligi va o’zini o’zi boshqarish bo’yicha terapevtik yondashuv bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi, insulinni kiritishning eng yangi zamonaviy usullari va yosh bemorlarda kasallik alomatlarini kamaytirish bo’yicha o’qitildi. Bemorlarga kundalik monitoring uchun maxsus diabet kundaligi berildi.
Seminarda ishtirok etgan jami 374 ta patronaj va amaliy hamshiralar qandli diabetning erta tashxisi, qandli diabet tarqalishining oldini olish uchun aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, «D»nazorati ostida bemorlar bilan ishlash bo’yicha o’qitilgan.


Русский
English
qaraq

