Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining 2025 yil 24 apreldagi 97-sonli buyrug’iga asoslanib “Sog’lomlashtirish oyligi” doirasida Respublika ishchi guruhlari tomonidan Kambag’al oilalar reestrida turgan aholi tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda. 2025-yil 10-iyun kuni RIEIATM QR filiali endokrinolog vrachi G.Gaipova tomonidan Mo’ynoq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP da aholi tibbiy ko’rikdan va skrining tekshiruvlaridan o’tkazilmoqda. Tibbiy ko’rik natijasida 12 ta aholidan 1 ta diabet oldi holati, 5 ta qalqonsimon bez kasalliklari aniqlandi, 4 ta qandli diabet bemorlari ko’rikdan o’tkazildi va 1 ta bemor statsionarga davolanishga yuborildi. Aholiga sog’lom turmush tarzi, sog’lom ovqatlanish va jismoniy faollikka rioya etish xaqida tushunchalar berilmoqda.



Русский
English
qaraq




