Endokrinologiyaning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha YO‘L XARITASI (yo‘naltirish) asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish va YO‘L XARITASI – bemorlarni yo‘naltirish va kuzatish algoritmlari bo‘yicha tibbiyot xodimlarining (tibbiyot brigadasi a’zolarining) bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 2026-yil 8-sentyabr kuni endokrinolog, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIXIATM RKF kuratori R.Berdimuratova Nukus shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinikada oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazdi. Seminarda qandli diabet (1-tur qandli diabet, 2-tur qandli diabet), diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz bo‘qoq, qandsiz diabet va semizlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tushunchasi va ahamiyati, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish algoritmlari, birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni aniqlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

Leave a Comment