Akademik Yo.X.To’rakulov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy markazining qandli diabet bemorlarda rekonstruktiv plastik jarrohlik bo’limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor T.T.Kamalov 2025 yilning 5-7-may kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasida bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko’lamini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ–102-son qarorining bajarilishi bo’yicha amaliy yordamlar ko’rsatdi.

Filialning rekonstruktiv plastik jarrohlik bo’limida  qandli diabet asoratlari mavjud 28 ta bemorlar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi, 3 ta bemorlarga  operatsiyalar bajarildi.

Leave a Comment