Akademik Yo.X.To’rakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi “Xavf guruhlarida yod tanqisligini biologik monitoring qilish usulini ishlab chiqish hamda diagnostika va davolash algoritmlarini yangilash” nomli ilmiy loyihasini amalga oshirmoqda.
Ushbu loyiha vazifalarini bajarish doirasida aholining yod bilan ta’minlanganlik holatini baholashga qaratilgan keng ko’lamli tadqiqot ishlari o’tkazilmoqda, unda 7-12 yoshdagi bolalar, ya’ni maktab yoshidagi bolalarda siydikdagi yodning median kontsentratsiyasi aniqlanmoqda.
Yod tanqisligi holatlarini monitoring qilishning millat salomatligi uchun davlat miqyosidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha tumanlaridagi 1 tadan maktablarida 2026 yil 10-13-fevral’ kunlari Akademik Yo.X.To’rakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi mutaxassislari Alimova N.U, Sadikova A.S, Yuldasheva F.Z, Omonova O.A, Tolipova D.A, lar tadqiqotlarni o’tkazmoqda.














