«Yuksalish» harakati atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida 2019-yildan buyon mamlakatimizning turli hududlarida «Bir million daraxt» aksiyasini o‘tkazib kelmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Nukus shahridagi Respublika endokrinologiya dispanserida bo‘lib o‘tdi.
Ana shunday tadbirlardan biri Nukus shahridagi Respublika endokrinologiya dispanserida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda aksiyani o‘tkazish bo‘yicha hamkor tashkilotlar rahbarlari mazkur tashabbusning maqsadi, atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning go‘zalligini yanada oshirish, tabiat musaffoligini saqlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, aksiyada nodavlat notijorat tashkilotlari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda Respublika endokrinologiya dispanseri jamoasi faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
— Bu ekilgan nihollarning keyingi parvarishi va hududni obodonlashtirishni respublika endokrinologiya dispanseri jamoasi o‘z zimmasiga oldi, — deydi «Yuksalish» harakati Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi rahbari Tajibay Romanov. – Ushbu aksiya nafaqat hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga xizmat qiladi, balki jamiyatda ekologik ong va tabiatga ehtiyotkorona yondashuv kabi qadriyatlarni shakllantiradi. Turli avlod vakillari, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yoshlarni jalb qilgan holda, bu tashabbus barqaror kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.
Mazkur aksiya hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bilan birga, jamiyatda ekologik ongni yuksaltirish, tabiatni asrab-avaylashga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, yashil va musaffo tabiat uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.