Har yili 14-noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni butun dunyoda keng nishonlanadi. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ham kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar munosabati bilan turli aksiya va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishni boshladi.

Shu maqsadda bugun «Adolat» SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi N.Qayipbergenov boshchiligidagi partiya Kengashi faollari Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Pedagogik mahorat markazi»ga tashrif buyurib, partiyaning asosiy elektorati bo‘lgan o‘qituvchi va murabbiylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida «Qondagi qand miqdorini aniqlang» bepul tibbiy aksiyasini tashkil etdi. Tadbirda akademik Yu.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali mutaxassislari faol ishtirok etdi. Shifokorlar tomonidan tadbir ishtirokchilaridan qon tahlillari olinib, ko‘rikdan o‘tkazildi, kasallikning oldini olish va davolash bo‘yicha tushuntirishlar berilib, tavsiyalar berildi.

Manba: https://kknews.uz/kk/263227.html

 

Leave a Comment