Akademik Yo.X.Torakulov nomidagi Respublika, ihtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali da “Terapiya va oilaviy shifokor amaliyotida endokrin kasalliklarni aniqlash va standart davolash” o‘quv dasturi bo’yicha 03.11.2025 dan 29.11.2025 davomida 144 soatlik o’quv kursi boshlandi.

O‘quv dastur muallifi/ mualliflari: Raximova G.N., Xaydarova R.T., Djurayeva A.SH., Axrorov K.U.

 Maqsad: Shifoklarning professional kompetensiyalarinin takomillashtirish asosida endokrinologiyada metabolik sindrom, qandli diabet va qalqonsimon bez kasalliklari kelib chiqish sababini va holatlarini erta aniqlash, mahoratini oshirish, samarali davolash, profilaktika tadbirlarinii amalga oshirish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mukammallashtirish va yangilashdan iborat.

Siklga taklif qilingan mutaxasisslar – kontingent: Terapevtlar, endokrinologlar, oilaviy shifokor va barcha tor mutaxassis vrachlar

 Sikl vazifalari: – qandli diabet tashhisini yangi klassifikatsiyalar asosida shakllantirishni, klinik protokollar asosida davolash bo‘yicha nazariy bilimlarini yangilash , kiritilgan o‘zgarishlarni amaliyotga tadbiq eta olishni va yangilangan, takomillashgan davolash usullarini qo‘llashni o‘zlashtiradilar va zamonaviy tibbiy yordamni ko‘rsata olish, standart ko‘nikmalarni takomillashtirishda bor bilimlarini chuqurlashtiradilar;

– qalqonsimon bez kasalliklari tashhisida yangi klassifikatsiyalarni qo‘llash, klinik protokollar asosida davolash bo‘yicha nazariy bilimlarini yangilash, zamonaviy va xalqaro tavsiyalar asosida yangilangan va takomillashtirilgan tashhislash va davolash usullarini amaliyotga tadbiq eta olishni va qo‘llashni o‘rganadilar;

– metabolik sindrom va semizlikning xalqaro va yangilangan tasnifi asosida tashhis va zamonaviy davolash usullarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi va uning amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar. – buyrak usti bezi, uning kasalliklari haqidagi bilimlar shakllantiriladi, xalqaro va yangilangan tasnifi asosida tashhis va zamonaviy davolash usullarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi va uning amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar;

– jinsiy bezlarning jins va yoshga bog‘liq xosliklari haqidagi bilimlar shakllantiriladi, kasalliklarni tashhislash va qiyosiy tashhislash, zamonaviy va xalqaro standart va tavsiyalarga binoan davolash usullari bo‘yicha bilimlar va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi; – ayollar va erkaklar gipogonadizmi tashhisini yangi klassifikatsiyalar asosida shakllantirishni, klinik protokollar asosida davolash bo‘yicha nazariy bilimlarini yangilash, kiritilgan o‘zgarishlarni amaliyotga tadbiq eta olishni va yangilangan, takomillashgan davolash usullarini qo‘llashni o‘zlashtiradilar va zamonaviy tibbiy yordamni ko‘rsata olish, standart ko‘nikmalarni takomillashtirishda bor bilimlarini chuqurlashtiradilar;

– gipreandrogeniya sindromi tashhisida yangi klassifikatsiyalarni qo‘llash, klinik protokollar asosida davolash bo‘yicha nazariy bilimlarini yangilash, zamonaviy va xalqaro tavsiyalar asosida yangilangan va takomillashtirilgan tashhislash va davolash usullarini amaliyotga tadbiq eta olishni va qo‘llashni o‘rganadilar;

– giperprolaktinemiya sindromining xalqaro va yangilangan tasnifi asosida tashhis va zamonaviy davolash usullarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi va uning amaliyotda qo‘llash Sikl tarkibi 1modul. Gipotalamo- gipofizar tizim kasalliklarini

 

Sikl tarkibi:

  1modul. Gipotalamo- gipofizar tizim kasalliklarini tashhislash va davolashning zamonaviy asoslari.

2 modul. Tireoidologiya: bugun va ertaga

3 modul. Metabolik sindrom. Muammoga yangicha nigoh.

4 modul. Diabetologiyaga yangicha nigoh

5 modul. Buyrak usti bezi kasalliklarining muammolari

6 modul. Reproduktiv endokrinologiyaning dolzarb masalalri bo’yicha

Leave a Comment