Har yili 12-may butun dunyoda hamshiralar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana Xalqaro hamshiralar kengashi tomonidan 1974-yilda Mehribonlik hamshiralari xizmatining asoschilaridan biri Florens Naytingeylning tug‘ilgan kuni sharafiga tanlangan.

Uzoq yillar davomida hamshiralar zimmasida to‘plangan bebaho mehnat va tajriba zoye ketmaydi, balki bemorlarni turli kasalliklardan davolashga xizmat qiladi.

Hamshiralik ishi jismoniy, aqliy va hissiy jihatdan eng murakkab va talabchan kasblardan biridir. Har birimiz hayotimizda hech bo‘lmaganda bir marta tibbiyot muassasasiga murojaat qilganmiz va hamma joyda tashxis qo‘yish va davolashda ishtirok etuvchi hamshiralar borligiga guvoh bo‘lganmiz.

Mehnat faoliyatida hamshiralar yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yadilar, bemorlarni bir karavotdan boshqasiga o‘tkazishlari, o‘rnidan turishiga va yotishiga yordam berishlari, holatini o‘zgartirishlari kerak bo‘ladi, ba’zida ular aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona xodimlardir.

 

 

 

 

 

 

 

 

Leave a Comment