Endokrinologiyaning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha YO‘L XARITASI (yo‘naltirish) asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish va tibbiyot xodimlarining (tibbiyot brigadasi a’zolarining) YO‘L XARITASI – bemorlarni yo‘naltirish va kuzatish algoritmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 2026-yil 9-sentyabr kuni akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIXIATM filiali kuratori, endokrinolog M.Paluashova Qorao‘zak tumanidagi ko‘p tarmoqli poliklinikada oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazdi. Seminarda qandli diabet (1-tur qandli diabet, 2-tur qandli diabet), diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz bo‘qoq, qandsiz diabet va semizlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tushunchalari va ahamiyati, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni aniqlash algoritmlari haqida ma’lumot berildi.








