Endokrinologiyaning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha YO‘L XARITASI (yo‘naltirish) asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish va YO‘L XARITASI algoritmlari bo‘yicha tibbiyot xodimlarining (tibbiyot brigadasi a’zolarining) bilim va ko‘nikmalarini oshirish – bemorlarni yo‘naltirish va kuzatish bo‘yicha 2026-yil 10-sentyabr kuni akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIXIATM RKF kuratori, endokrinolog R.Allonov va uslubiy bo‘limning endokrinolog-metodisti D.Yerniyazov Kegeyli tumanidagi ko‘p tarmoqli poliklinikada oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazdilar. Seminarda qandli diabet (1-tur qandli diabet, 2-tur qandli diabet), diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz bo‘qoq, qandsiz diabet va semizlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tushunchalari va ahamiyati, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni aniqlash algoritmlari haqida ma’lumot berildi.

 

Leave a Comment