Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan  endokrinologiya ilimiy-amaliy tibbiyot markazining 2026 yil 23 martdagi №01-06/521-sonli ko’rsatma xatini bajarilishini ta’minlash maqsadida markazning QR  hududiy filiali mutaxassislari tomonidan 40 yoshdan oshgan aholi o’rtasida endokrin va metabolik kasalliklarni erta aniqlashga  qaratilgan skrining aktsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasining pilot tumani Shimboy tumanida 2026 yil 25 martdan 5 aprelgacha bo’lgan davrda Markazning QR hududiy filiali xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

       Mazkur skrining tadbirlarini amalga oshirish uchun Markaz tomonidan homiylar ko’magida respublika bo’yicha tajriba sinov (pilot) tumanida skrining tadbirlari uchun test poloska to’plami, lantsetlar to’plami va glyukometrlar bilan ta’minlandi.

      Aktsiya davomida Shimboy tumanida 780 ta 40 yoshdan oshgan aholi skriningdan o’tkazilib, ulardan 19 ta yangi aniqlangan qandli diabet, 58 ta diabet oldi holati, 149 ta semizlik aniqlandi.

      Aholiga sog’lom turmush tarzi, sog’lom ovqatlanish va jismoniy faollikka rioya etish xaqida tushunchalar berildi.

Leave a Comment