Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filialida bo‘lim boshliqlari, katta hamshiralar va mas’ul xodimlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni filialning ambulatoriya poliklinikasi rahbari R. Berdimuratova va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xodimi T. Raxmetova olib bordi. Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish har bir tibbiyot xodimining burchi ekani ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ-1155-son Qonunning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilariga qo‘yiladigan talablar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, komplayens tizimining vazifalari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 

 

Leave a Comment