Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi T.Raxmetova tomonidan filial xodimlari o‘rtasida «Xalq taqdiriga befarqlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va korrupsiya kabi salbiy illatlarga barham berish» mavzusida seminar tashkil etildi. T.Raxmetova o‘z nutqida filial hududida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ichki nazorat tadbirlari haqida so‘zlab berdi.


