2026-yil 7-oktyabr kuni akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qozog‘iston Respublikasi filiali endokrinologi R.Berdimuratova Nukus shahridagi 6-oilaviy poliklinikada oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar o‘rtasida endokrinologiyaning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha YO‘L XARITASI (Marshrutlash) asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish va tibbiyot xodimlarining (tibbiy brigada ishtirokchilarining) YO‘L XARITASI algoritmlari – bemorlarni yo‘naltirish va kuzatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdi. No Seminarda qandli diabet (1-tur qandli diabet, 2-tur qandli diabet), diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz, bo‘qoq, qandsiz diabet va semizlik kasalliklari bo‘yicha yo‘l xaritasi tushunchasi va ahamiyati, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish algoritmlari, birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni aniqlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi, oilaviy shifokorlar va endokrinologlarga esa 2026-yilning 6 oylik hisobotlariga ko‘ra «DASHBOARD» bo‘yicha «D» toifasiga kiritilgan endokrin kasalliklar (qalqonsimon bez kasalliklari, qandli diabet, semizlik) soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuntirildi.





