Endokrinologiyaning 6 yo‘nalishi bo‘yicha YO‘L HARITA (Marshrutizatsiyasi) asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish va tibbiyot xodimlarini (tibbiy brigada ishtirokchilari) ni YO‘LHARITA — bemorlarni yo‘naltirish va kuzatuv algoritmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha 2026-yil 03-sentyabr kuni Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATM QR filiali endokrinologi R.Berdimuratova tomonidan Nukus shahri №3 oilaviy poliklinikasida oilaviy shifokorlar, patronaj hamshiralar o‘rtasida seminar trening o‘tkazildi. Seminarda qandli diabet, (qandli diabet 1 turi, qandli diabet 2 turi), diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz bo‘qoq, qandsiz diabet va semizlik kasalliklari bo‘yicha yo‘l harita tushunchasi va ahamiyati, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish algoritmlari, birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni aniqlash to‘g‘risida tushunchalar berildi.

