Endokrinologiyaning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha YO‘L XARITASI (yo‘naltirish) asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish va YO‘L XARITASI algoritmlari bo‘yicha tibbiyot xodimlarining (tibbiyot brigadasi a’zolarining) bilim va ko‘nikmalarini oshirish – bemorlarni yo‘naltirish va kuzatish 2026-yil 7-oktyabr kuni akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qozog‘iston Respublikasi filiali endokrinologi R.Berdimuratova Nukus shahridagi 5-oilaviy poliklinikada oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazdi. Seminarda qandli diabet (1-tur qandli diabet, 2-tur qandli diabet), diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz bo‘qoq, qandsiz diabet va semizlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tushunchalari va ahamiyati, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish algoritmlari, birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.







