Endokrinologiyaning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha YO‘L XARITASI (Marshrutizatsiyasi) asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish va tibbiyot xodimlarini (tibbiy brigada ishtirokchilari) YO‘L XARITASI – bemorlarni yo‘naltirish va kuzatish algoritmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 2026-yil 7-sentyabr kuni Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIIATM QR filiali endokrinologi, kuratori G.Gaipova tomonidan Mo‘ynoq tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasida oilaviy shifokorlar, patronaj hamshiralari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda qandli diabet, (qandli diabet 1 turi, qandli diabet 2 turi), diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz buqoq, qandsiz diabet va semizlik kasalliklari bo‘yicha yo‘l xaritasi tushunchasi va ahamiyati, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish algoritmlari, birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni aniqlash to‘g‘risida tushunchalar berildi.




